“Masdar” va Xitoyning “Goldwind” kompaniyalari oʻrtasida stansiya uchun 111 ta turbinani yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan.
Shunga koʻra, Xitoyning Lanjou shahridan Oʻzbekistonga shamol generator va turbinalari maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.
Joriy yil yakunida ishga tushiriladigan mazkur stansiya Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi boʻlib hisoblanadi.
Stansiya toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd. 800 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln. kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.