Navoiyda Afrosiyob poyezdi bir necha bosh qoʻyni bosib ketdi

    Hayvonlarning egasi qoidalarni buzgani sababli maʼmuriy jazoga tortilishi maʼlum qilindi.

    Holat yuzasidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ batafsil maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, 24-yanvar kuni Toshkent-Buxoro yoʻnalishida harakatlanayotgan Afrosiyob poyezdi Malikobod va Qiziltepa (Navoiy viloyati) bekatlari oraligʻida harakatlanayotganda qoʻylar suruvidan bir necha bosh hayvonni urib yuborgan.

    1000 ga yaqin qoʻy podasi temiryoʻlni notoʻgʻri joyda kesib, himoya panjarasini buzib oʻtgan. Voqea joyidan 300 metr uzoqlikda chorva mollarini haydash uchun maxsus ajratilgan joy mavjud boʻlgan.

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati tomonidan mazkur hudud boʻylab qoʻshimcha panjara (ikki qavatli toʻsiq) oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinib, bugungi kunda qoʻshimcha panjaralarni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda

    Holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hayvonlarning egasi qoidalarni buzgani sababli maʼmuriy jazoga tortilishi maʼlum qilindi.