Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy ravishda boylik orttirmoqchi bo‘lgan Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisining qilmishlari fosh etildi.

Xususan, joriy yilning 1 iyul kuni Ichki ishlar organlari tomonidan telefoni xotirasida ta’qiqlangan diniy materiallar mavjud bo‘lishi ehtimoli bilan 2003 y.t. fuqaroning olib qo‘yilgan iPhone 17 Pro Max rusumli telefon apparatini qaytarib berish evaziga o‘zining 2 nafar vositachilari orqali 1000 AQSh dollari olgan vaqtida tergovchining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.