Navoiy viloyatida “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek.Uz–2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Haftalik doirasida viloyat hududidagi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot institutlari, professional taʼlim muassasalari, yosh ixtirochilar va tadbirkorlar oʻzlarining innovatsion gʻoyalari, ishlanmalari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlash joiz, ayni vaqtda innovatsiyani aholining har bir qatlamiga olib kirish uchun viloyatda ham bir qator innovatsion korxonalar tashkil etilib, yangi ish oʻrinlari yaratildi va bu ezgu ishlar jadallik bilan davom etmoqda. Xususan, innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish va hududni innovatsion makonga aylantirishni jadallashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi asosida loyihalarning manzilli yoʻnalishlari shakllantirilgan.
Ayniqsa, Karmana va Qiziltepa innovatsion tumanlari uchun umumiy qiymati 26,4 milliard soʻmlik 26 ta tijoratlashtirish, startap hamda ilmiy loyihalar shakllantirilib, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgani yanada ahamiyatli boʻldi.
Qolaversa, hozirgi kunga qadar viloyat mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan hudud iqtisodiyotida mavjud muammolar yechimiga qaratilgan tayyor ilmiy innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish uchun 8 ta loyiha shakllantirilib, ushbu loyihalarga 1 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Yuqoridagi loyihalarni amalga oshi-rish orqali viloyatimizda yangidan 250 taga yaqin doimiy hamda 50 taga yaqin mavsumiy ish oʻrinlari yaratildi.
Haftalik doirasidagi koʻrgazmada ham barcha startaplar asoschilari, ixtirochi va innovatsion gʻoyaga ega yoshlarning eng yaxshi loyihalar aniqlanadi.