Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialida boʻlib, u yerda yaratilgan sharoitlar va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha imkoniyatlar bilan tanishdi. Jarayonda tibbiyotga ilm-fanning soʻnggi yutuqlarini joriy etish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Ushbu markazning umumiy yotoq sigʻimi 200 oʻrinni tashkil etib, shoshilinch tibbiy yordamning barcha asosiy yoʻnalishlari - kattalar va oʻsmir yoshdagi bolalar uchun kardiologik, jarrohlik, terapevtik, kuyish va toksikologiya profillari boʻyicha shoshilinch ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan shifoxonadir.
Markazning oʻzida joriy yilning 9 oyi davomida 2 888 ta bemorda 3 032 ta amaliyot oʻtkazilgan.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 2023-yil oxirigacha shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining keyingi yangi binosi ishga tushishi natijasida angiograf yordamida kardiologik amaliyotlarni, artroskopik, urologik, amaliyotlar yoʻlga qoʻyilib, aholi uchun zamonaviy tibbiy yordamlar sifatini va sonini oshirishga xizmat qiladi.