Shu bois, noyabr dekabr oyida qattiq tayyorgarlik koʻrib, yanvardan tibbiyotda xalqning bahosini eshitadigan tizimni joriy qilamiz», – dedi davlatimiz rahbari.
Endilikda 26 ta markaz direktorlari, viloyat, tuman sogʻliqni saqlash rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari bir oylik aniq reja asosida ishlashga oʻtadi.
Ushbu rahbarlar televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, zimmasiga olgan vazifalarni, qaysi kasalliklar koʻp uchrayotgani va ularni qanday kamaytirishni aholiga eʼlon qilib boradi. Shuningdek, odamlarga murojaat qilib, sogʻligʻiga eʼtibor qilish, tibbiy koʻrikdan vaqtida oʻtish, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollikni tushuntiradi.
Markaz rahbarlari oʻz sohasida eng ogʻir tuman va mahallaga boradi. Bir oy qolib, kasalliklarning sabablarini oʻrganib, ularga yechim beradi, oilaviy poliklinika va tuman shifoxonalarining vrachlarini kasallikni davolashga oʻrgatadi.








