Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida hududlar markazida namunaviy loyiha asosida maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish, mahalliy byudjetlar hisobidan sohaga qoʻshimcha shtatlar ajratish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Bu borada Navoiy viloyatida ham dastlabki amaliy ishlar boshlab yuborildi. “Shirin” madaniyat saroyi zamonaviy taʼmirlanishi boʻyicha ishchi guruh tuzilib, viloyat hokimi K.Tursunov boshchiligida binoni qayta rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu bino viloyatda milliy gʻoya targʻiboti, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.