Ular Val-de-Luar mintaqasidagi La-Rosh-Kotar g'orida chizilgan bo'lib, ularning yoshi 57 ming yildan oshadi.
Ma'lum bo'lishicha, g'or taxminan 57 ming yil avval, ya'ni mintaqaga Homo sapiens odamlari kelishidan ancha oldin cho'kindi moddalar to'planganligi sababli to'silib qolgan. Mazkur g'ordan topilgan tosh qurollar hamda qoyatosh rasmlari neandertallarning ijod mahsuli ekanidan dalolat bermoqda.
Hozircha rasmlarda ifodalangan shakllarning ma'no-mazmunini tushunishning imkoni bo'lmadi, deb xabar beradi lenta.ru.