Niderlandiyada ulkan “quyoshli” orol qurildi

    Muhandislar Quyoshning holatini kuzata oladigan dunyodagi birinchi suzuvchi stansiyani qurishdi.

    Bunday joylar dunyoning boshqa hech bir yerida yoʻq. Ushbu gigantning umumiy maydoni 1444 kvadrat metrni tashkil qiladi.

    Mazkur stansiya SolarisFloat tomonidan barpo etildi. Stansiya orolga oʻxshaydi, u 180 ta suzuvchi panellardan iborat. Ular Quyoshning osmondagi holatiga qarab burchaklarini oʻzgartirishi mumkin.

    Stansiya PROTEVS deb ataladi. U Niderlandiyadagi Ostvurne-Meyer koʻlida oʻrnatilgan boʻlib, maksimal quvvat – 73 kVt, diametri – 38 metr, umumiy maydoni – 1444 kvadrat metr.

    Panellarning Quyosh tomon harakatlanishi uchun unda ishlab chiqarilgan energiyaning atigi 0,5 foizi sarflanadi, xolos.

    “Orol”ni qurganlarning taʼkidlashicha, stansiya suv omborlarini toza saqlashga ham yordam beradi. Stansiya suyuqlikni kamroq isitish imkonini beradi, suvning bugʻlanishini cheklaydi. Bundan tashqari, suvga kamroq yorugʻlik kiradi. Shu sababli suv oʻtlari va mikroorganizmlar sekinroq oʻsadi.

    “Orol”ning minusi joy bilan bogʻliq. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, bitta quyosh elektr stansiyasi koʻmirdan 40-50 barobar, gazdan esa 90-100 barobar koʻproq joy egallaydi.