— Hozirgi kunda ushbu masala boʻyicha yagona fikr mavjud emas.

Koronavirus bolalarda aksariyat hollarda yengil shakldagi OʻRVI singari kechadi, yaʼni tomoq ogʻrigʻi, yoʻtal, burun oqishi va aksirish.

Kasallik ogʻirroq kechayotgan boʻlsa – tana haroratining 37,5-39 darajagacha koʻtarilishi, holsizlik va bosh ogʻrigʻi kuzatiladi.

Yengil kechishiga olib keluvchi sabablar quyidagilar boʻlishi taxmin qilinadi: 

- Kattalarga nisbatan sogʻlom oʻpkaga egaligi tufayli bolalar kasallikning ogʻir shakllariga beriluvchan emas;

- Bolalar, ayniqsa erta yoshdagi bolalar yomon odatlarga - chekish va boshqalarga ega emasligi;

- Tugʻma immunitet, yaʼni nospetsifik himoya bolalarda kattalarga nisbatan kuchli boʻlganligi;

- COVID-19 virusi hujayra ichiga kirishi uchun oʻz oqsilini inson hujayralaridagi S retseptorlar bilan bogʻlaydi. Bolalarda ushbu retseptorlarning soni va faolligi kam. Yaʼni, bolalarda virus kirishi uchun nishonlar kam;

- Bolalar bogʻcha va maktablarda oʻzlari uchun juda koʻp yangi respirator infeksiyalarga uchraydilar. Buning natijasida ularda bir qator kasalliklarga qarshi antitanachalar hosil boʻlib, ularning miqdori kattalarnikiga nisbatan koʻp boʻladi.  

- Lekin shuni yodda tutish kerakki, bolalarda ham kasallik oʻtkazilib yuborilsa va shifokorga kech murojaat qilinsa hamda ularda nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud boʻlsa, ularda ham ogʻir kechish holatlari kuzatilishi mumkin hamda oʻlimga olib kelishi mumkin.