Bu texnikalarni mahorat bilan boshqarish, ulardan toʻgʻri foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish qoidalari va harakatlar tartibini bilishda esa haydovchilar, mashinistlar va ularning yordamchilarining tajriba va malakasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yaqinda kombinat boʻlinmalarida togʻ-kon va transport texnikalarining samaradorligini oshirish, ulardan foydalanishda texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashga jalb qilingan ishchi-xodimlarning bilimi hamda kasbiy malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari tashkil etildi. Joriy yilning oxiriga qadar davom etadigan kurslarda nazariy taʼlim oʻqituvchilari hamda ishlab chiqarish amaliyoti instruktori sifatida yuqori malakali xodimlar biriktirildi.
Ayni paytda Markaziy kon boshqarmasining oʻquv markazida “Zeppelin Central Asia Machinery” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan “CAT” avtoagʻdargich haydovchilariga nazariy va maxsus jihozlangan oʻquv texnikalarida amaliy darslar oʻtmoqda. Oʻquv jarayonlarida xodimlarga ish joylarida ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻquv dasturlariga muvofiq, nazariy bilim va ishlab chiqarish boʻyicha oʻrganish, ish vaqtida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy amal qilish lozimligi tushuntirilmoqda. Maxsus texnika vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning bilim va tajribalarini oʻz vaqtida oshirish, avvalo, ish unumdorligini oshiradi.
“NKMK” AJ matbuot xizmati
Hamkorlik materiali