Yurtimiz kundan kun chiroy ochmoqda. Hashamatli binolaru zamonaviy uylar bunga yaqqol misol. Biroq tanganing ikkinchi tomoni bo'lgani kabi ba'zi pudratchilar qurayotgan uy va boshqa inshootlar “mendan ketguncha, egasiga etguncha…” qabilida barpo etilayotganidan ko'z yumib bo'lmaydi.

Xususan, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi o'rtasida imzolangan Memorandum asosida, joylarda qurilib foydalanishga topshirilgan va qurilishi davom etayotgan bino va inshootlarda kuzatuv-o'rganish ishlari olib borildi.

Shaxrixon tumanida joylashgan 9-sonli MTTda o'rganish olib borilganda, mazkur ob'ektda “Bunyodkor Zamin ko'rki” MCHJ tomonidan 2018-yilda biomontaj va kapital ta'mirlash ishlari boshlangan. Biroq, ushbu obyekt 2018-yilgi davlat dasturiga kiritilmaganligi sababli qurilish oxiriga etkazilmagan. Shunday bo'lishiga qaramasdan, loyixaga asosan mavjud binoni to'liq rekonstruktsiya qilish hamda tom qismi shiferlashtirilishi rejalashtirilgan. E'tiborli jihati shundaki, Shaxrixon tuman MTB ga qarashli 9-MTT da ta'mirlash ishlarining 25 foizi amalga oshirilgan bo'lsada, quruvchi korxona “Bunyodkor Zamin ko'rki” MCHJ tomonidan o'z xisobidan bino ta'miri uchun taxminan 800 000 000 (sakkiz yuz million) so'mlik atrofida xarajat qilingan.

“Bunyodkor Zamin ko'rki” MCHJ tomonidan moliyalashtirish masalasi xal etilmaganligi sababli, 2019-yildan buyon ta'mirlash ishlari to'xtab turibdi. O'rganishlar davomida rekonstruktsiya qilinayotgan mavjud binolarga texnik xulosa olish uchun KSXN inspektsiya bilan shartnoma qilinmaganligi ham ma'lum bo'ldi. Qiziq, noqonuniy tarzda qurilgan binodan kim manfaatdor ekan, mutasaddilarmi yoki quruvchi tashkilot. Bu esa bizga qorong'u.

Xulosa qilishga shoshilmaymiz, o'rganishlar esa davom etadi...

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi axborot xizmat