Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1994-y.t. Q.B. noqonuniy ravishda oʻz yashash xonadonida 21 ta faol “mayning” qurilmalaridan foydalanib “Mayning-ferma” tashkil qilgan.
Bu holat Andijon viloyati IIB kiberxavfsizlik boʻlimi va DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorlikda elektron texnologiyalar bilan bogʻliq noqonuniy holatlarni aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida aniqlangan.
“Mayning-ferma” faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz elektr energiyasidan foydalanib kelgani hamda ushbu xonadon egalari elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan hisoblagichlarsiz ulanib olgan.
Q.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 101-moddasi bilan 900 million soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.