Bojxona qoʻmitasi axborot xizmatining maʼlum qilinishicha:
- Nyu-Yorkka parvozi oldidan yoʻlovchilardan biri qoʻl sumkasidagi 42 200 AQSH dollari;
- Istanbulga uchib ketayotgan 2 nafar yoʻlovchidan birining 19 900 AQSH dollarini, ikkinchisining esa 18 200 AQSH dollari;
- Pekinga safarga otlangan xorijiy fuqaro yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovi paytida maʼlum qilmasdan turib, 12 200 AQSH dollarini olib chiqayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.
Shuningdek, bojxona xodimlari Bishkekka uchib ketayotgan yoʻlovchining 4450 AQSH dollarini va Nyu-Yorkka uchib ketayotgan yoʻlovchining 11 810 AQSH dollarini noqonuniy olib chiqishga boʻlgan urinishini bartaraf etishdi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Raqamlarga koʻra, respublikamiz bojxonachilari oʻtgan 2024-yilda 37,5 mlrd soʻm ekvivalentidagi valyuta qimmatliklarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishiga chek qoʻyishdi.
Eslatib oʻtamiz, amaldagi qonunchilikka koʻra, jismoniy shaxslar faqatgina ekvivalenti 100 mln soʻmga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan bojxona nazorati qoidalariga rioya etgan holda cheklovlarsiz olib chiqishlari mumkin.