Unga koʻra, fuqaro Zarafshon shahri aholisi uchun qurilayotgan koʻpqavatli turarjoylardan 2 xonali uyni sotib olish uchun 263 million soʻmga shartnoma tuzib, boshlangʻich toʻlov uchun 23 million soʻm toʻlaydi.

Keyinchalik fuqaro toʻlov qobiliyati yoʻqligi sababli ushbu shartnomani buzishga majbur boʻlgan va boshlangʻich badal sifatida toʻlangan summani qaytarib olish uchun qurilish firmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Biroq firma toʻlangan summani qaytarish uchun qoʻshimcha 10 foiz chegirma olmoqchi boʻlgan.

Murojaat jamiyatning masʼul xodimlari tomonidan borib oʻrganildi. Haqiqatan ham oʻrganish jarayonida murojaatda keltirilgan faktlar oʻz tasdigʻini topdi. Jamiyatning masʼul xodimlari tomonidan qurilish firmasi mutasaddilariga Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunining tegishli moddalari tushuntirildi.

Shundan soʻng qurilish firmasi fuqaro M.Zayniddinovaga boshlangʻich badal sifatida toʻlagan 23 million soʻm mablagʻini toʻliq naqd shaklda qaytarib berdi.