Noqonuniy valyuta oldi-sottisiga chek qoʻyildi

    O.S. avval ham Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan sudlangan edi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.S. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) valyuta qimmatliklarini ayirboshlash faoliyati bilan shugʻullanib kelib, fuqaro A.A.ga 35 750 AQSH dollarini 409 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida 174 mln soʻm, 6 302 AQSH dollari, 521,5 ming Rossiya rubli, 270 Yevro, 12 ming Qozoq tengesi va 25 dirxam ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.