Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Moskva–Buxoro yoʻnalishidagi reys Buxoro aeroportida tuman sababli (koʻrinish — 650 metr) vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani uchun Samarqandga yoʻnaltirildi. Samolyot soat 3:27 da qoʻndi.
Sankt-Peterburg–Urganch reysi Urganch aeroportida koʻrinish 200 metrgacha pasaygani bois Samarqandga yoʻnaltirildi. Qoʻnish soat 6:17 da amalga oshirildi.
Moskva–Termiz reysi ham Termiz aeroportidagi cheklovlar (tuman, koʻrinish — 200 metr) sababli Samarqandda qoʻndi. Samolyot soat 6:03 da yetib keldi.
Shuningdek, Moskva–Buxoro yoʻnalishidagi SU1876 reysi Buxorodagi koʻrinish 300 metrga tushgani sababli Samarqandga yoʻnaltirildi. Qoʻnish soat 6:36 da amalga oshirildi.
Bundan tashqari, Istanbul–Namangan reysida yoʻlovchilardan birining ahvoli yomonlashgani sababli samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga qoʻndi. Samolyot soat 5:53 da yetib kelgan.