Sharq mutafakkirlarining taʼlim-tarbiyaga oid asarlari ham ana shu merosning tub negizini tashkil etadi. Lekin, maʼlum bir davrlarda xalqimiz bu durdona asarlardan, undagi odob-axloqqa oid fikrlardan yetarlicha foydalana olmaydi.

Mustaqillik tufayli xalqimiz dunyoga yuz tutdi va jahon bizni tanidi. Biz tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik hamda o‘z yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga kirishdik.

Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog‘liq muammolar ham asta-sekin yechimini topmoqda. Xususan, nutq madaniyatiga doir masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir.

Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat maʼnaviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb eʼlon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi, “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunlari va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda boshqa hujjatlarda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaga, til masalalariga alohida eʼtibor berilgan. Har bir kadr, eng avvalo, o‘z ona tilining chinakam sohibi bo‘lmog‘i lozim.

Yusuf NASULLAYEV,

Vobkent tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar

samaradorligini oshirish,

davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini

ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi