Новосибирскдаги мушкул аҳволда қолган уч нафар ўзбекистонлик Ватанга қайтарилди

    Rossiyaning Novosibirsk shahrida ogʻir sharoitda qolgan uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi doirasida yurtga qaytarildi.

    Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

    Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi xodimlari koʻmagida ushbu vatandoshlarimizga qaytish sertifikatlari rasmiylashtirildi va 2025-yil 4-avgust kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi reysi orqali Oʻzbekistonga kuzatildi.