Rossiyaning Tomsk va Novosibirsk shaharlarida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib toʻrt nafar ayol va ularning bolalari yurtimizga qaytarildi.
Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, vatandoshlarimiz zarur hujjatlarini yoʻqotgan va Oʻzbekistonga qaytish uchun mablagʻ topolmagan.
Bosh konsulxonasi tomonidan hamyurtlarimizning Oʻzbekistonga qaytishlari uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi. Migratsiya agentligi vakolatxonasining saʼy-harakatlari bilan esa ular uchun aviachipta xarid qilindi.
7-avgust kuni ayollar va bolalar Novosibirsk-Fargʻona aviareysi bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.
Eslatib oʻtamiz, 30-iyuldan 30-avgustga qadar «Vatanga qaytarish« xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad xorijda mushkul ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini samarali hayotga qaytarishdan iborat.








