Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qilmoqda.
Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni arafasida Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda oʻzbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan ikki farzandini vataniga qaytarish boʻyicha tezkor amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirgan.
Oila Novosibirsk shahrida oʻta ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgani sababli ularning zarur hujjatlari, jumladan, bolalarga Oʻzbekistonga qaytish guvohnomalari bepul rasmiylashtirilgan hamda aviachipta sotib olingan.
Ular 29-iyul tunda Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyilgan.








