“IrAero” aviakompaniyasining Novosibirsk — Andijon — Novosibirsk yoʻnalishidagi parvozi texnik nosozlik tufayli kechiktirildi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.

Aytilishicha, hozirda samolyotga Novosibirsk ayeroportida texnik xizmat koʻrsatilmoqda. Parvoz Novosibirsk vaqti bilan soat 15:00 da uchishi rejalashtirilgan.

“Andijon” aeroporti parvozlar jadvali oʻzgargani ortidan reysni qabul qila olmasligi sababli, IAE7771 reysi Fargʻona ayeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 17:50 da yetib keladi.

Fargʻona aeroportidan qaytish reysi 18-oktyabr kuni soat 18:45ga belgilangan. Novosibirskka yetib kelish esa 21:15 da rejalashtirilgan.

IAE7772 reysi yoʻlovchilarga Andijon ayeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da yetib kelishlari haqida xabar tarqatiladi.

Shu munosabat bilan, Novosibirskga IAE7772 reysi bilan uchayotgan yoʻlovchilar uchun Andijon aeroportidan Fargʻona aeroportiga transfer tashkil qilinadi.