Unga koʻra, 18-martdan boshlab poytaxt aholisi va mehmonlari quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:

▪️ ommaviy tadbirlar, shu jumladan oilaviy yoki xotirlash marosimlari, shu jumladan ziyofatlar, toʻylar, yubileylar va boshqalarni (korporativ tadbirlar, mitinglar, yigʻilishlar) oʻtkazish va ularda qatnashish taqiqlanadi;

▪️ faoliyati tiklanmagan obyektlarga, jumladan, kompyuterxonalar, kinoteatrlar, tungi klublar, oʻyin maydonchalari va sport inshootlari (Ashyq loyihasida ishtirok etayotgan obyektlar bundan mustasno) tashrif buyurishni taqiqlanadi.

▪️ jamoat joylariga, shu jumladan, shahar jamoat transporti hamda faoliyatiga ruxsat berilgan obyektlarga tashrif buyurganda, niqob taqish, masofa saqlash va antiseptiklardan foydalanish talablariga qatʼiy rioya qilish shart.