Nutrisiolog tuzdan voz kechishning afzalliklarini sanab o'tdi

    Tuz iste'molini kamaytirish shishdan xalos bo'lishga, vazn tushishiga yordam beradi va onkologik kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi.

    Bu haqda nutrisiolog Olga Panova aytib o'tdi.

    Uning so'zlariga ko'ra, tuz deyarli barcha ovqatlarda mavjud. Tuz tarkibidagi natriy organizmdagi suvni ushlab turadi, bu esa shish paydo bo'lishiga olib keladi. Tuzni iste'mol qilishni cheklash bu muammodan xalos bo'lishga yordam beradi.

    Bundan tashqari, tuzdan voz kechish oshqozon saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi, dedi mutaxassis. Ko'p miqdordagi natriy ta'sirida hujayralar tezda bo'linishni boshlaydi. Bu, ayniqsa, oshqozon hujayralariga taalluqli. Ularning bo'linish tezligining pasayishi avtomatik ravishda saraton hujayralarining paydo bo'lish ehtimolini pasayishiga olib keladi.

    Panova sog'lom odam uchun kunlik tuz miqdori besh grammdan oshmasligi kerakligini ta'kidladi.

    Shifokor tuzga muqobil sifatida taomning ta'mini yaxshilaydigan ziravorlar yoki natriy miqdori kam bo'lgan tuzdan foydalanish mumkinligini ta'kidladi, deb xabar beradi mir24.tv.