Unda qayd etilganidek, mamlakatimiz hukumatining demokratik g'oyalarga sodiqligi va dunyoviy taraqqiyot yo'lini tanlashi O'zbekistonda barcha dinlarning faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga imkon berdi. Din sohasidagi ishlar davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshiriladi va fuqarolarga konstitutsiyaviy kafolatlangan vijdon erkinligi huquqini ta'minlash hamda diniy plyuralizm, bag'rikenglik va dinlararo muloqotni mustahkamlashga yo'naltirilgan.

2018- yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusining amaliy ijrosi bo'lgan ta'lim va diniy bag'rikenglik to'g'risidagi maxsus rezolyutsiyaning qabul qilingani, shubhasiz,  bu boradagi ishlarning salmoqli natijalaridan biri hisoblanadi.

Muallifning yozishicha, O'zbekistonda milliy va diniy qadriyatlarni tiklash, buyuk ajdodlarning boy ilmiy va ma'naviy merosini o'rganish mexanizmlari yaratilgan. SHu maqsadda Qur'on tafsiri, Islom huquqi, dinning boshqa yo'nalishlari bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, Islom tsivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Imom Buxoriy, Termiziy va Moturidiy xalqaro tadqiqot markazlari tashkil qilindi. Buxorodagi Miri Arab Oliy madrasasi va Samarqanddagi hadis maktabi ish boshladi.

«O'zbekistonda vijdon va din erkinligining mustahkam huquqiy kafolatlari mavjud. Konstitutsiya hamma uchun din erkinligi to'g'risidagi qoidani o'z ichiga oladi. Milliy qonunchilikni takomillashtirish va liberallashtirish bo'yicha ishlar davom etmoqda», deb yozadi nashr.

Maqolada, shuningdek, mamlakatimizda diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish va faoliyat yuritish tartibi soddalashtirilgani, qator diniy tashkilotlar emin-erkin faoliyat ko'rsatayotgani hamda sohaga oid boshqa muhim ma'lumot va dalillar ham o'quvchilarning e'tiboriga havola qilingan.