Yoshlar oʻrtasida -55 kg vazn toifasida Jamila Panfilova dast koʻtarish mashqida 85 kg toshni boʻysundirib oltin medalini qoʻlga kiritdi. Siltab ko'tarish mashqida esa 98kg vazni o'ziga bo'ysindira oldi. Eʼtiborlisi, hamyurtimiz ikki kurash boʻyicha 183 kg bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Biroz oldin Diyorbek Ermatov ham Osiyo chempionatida 1ta oltin va 1ta kumush medal qoʻlga kiritgan edi.
Bugun kun davomida Husinboy Matrasulov, Ahliddin Hasanov hamda Bobur Umidov (barchasi -67 kg) kabi vakillarimiz oʻz yosh toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi.