Unda korxona rahbari Dilshod Ahmedov va shahar hokimi Akrom Eshonqulov bu yerda olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Hozir Ohangaron shahrida yangi loyihalar asosida faoliyat olib borayotgan bir qator yirik korxonalar oʻz mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha yuqori oʻrinda. Jumladan, “East Mining Invest” MCHJ avtoklavli gazbeton bloklar ishlab chiqaradi. Bu turdagi bloklar uy-joy, savdo va sanoat qurilishida qoʻllaniladi. Loyiha 2021-yil 31-martda ishga tushgan boʻlib, 142 ta ish oʻrinlari yaratilgan.

Korxona yillik 500 ming kub gazobeton bloklari ishlab chiqaradi. Avtoklavli gaz bloki barcha turdagi bino, mehmonxona, maktab, kasalxona, sport zallari va koʻp qavatli uylarni qurishda foydalaniladi.

Press-tur davomida jurnalistlar ishlab chiqarish jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Mutaxassislar bilan suhbatlashdi.