To'fon janubiy Okinava orolini qamrab oldi. Kuchli shamol bo'ldi va ko'p yomg'ir yog'di. Oqibatda elektr simlari, uylarning tomlariga zarar yetdi. Aholi dengizda yuzaga kelayotgan kuchli to'lqinlar haqida ogohlantirildi. Ob-havo ma'lumotlariga ko'ra, yaqin kunlarda sel kelishi mumkin.

To'fon mamlakat shimoli-g'arbiga qarab harakatlanmoqda. Janubiy viloyatlarda o'nlab aviareyslar bekor qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.