Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 296 224 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 101,2%ga bajarildi. Mahsulotlar kesimida oladigan bo'lsak, 25037 tonna mis mahsulotlari, 14117 tonna rux mahsuloti eksport qilindi.
Molibden mahsulotlari eksporti rejasi 138,9%, bajarilib, 386 tonna ushbu mahsulot xorijga jo'natilgan. Shuningdek, xorijga reniy, mis kuporosi, palladdiy kukuni, qo'rg'oshin kontsentrati kabi mahsulotlar ham eksport qilingan.
Ma'lumot o'rnida aytish joiz, o'tgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar — Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.