Olim koronavirusning kelib chiqishi haqida kutilmagan xulosaga keldi

    Fan 6 Iyul 2020 1256

    Yangi “COVID-19” koronavirusi umuman Xitoydan kelmagan boʻlishi mumkin, deydi Oksford Dalillarga asoslangan tibbiyot markazining ilmiy xodimi Tom Jefferson. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Telegraph gazetasi maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, “COVID-19” Osiyoda paydo boʻlishidan oldin boshqa joyda paydo boʻlganligi haqida koʻplab dalillar mavjud.

    Oʻtgan hafta Ispaniya virusologlari Xitoyda koronavirus tarqalishidan toʻqqiz oy oldin, 2019-yil mart oyida toʻplangan oqava suv namunalarida infeksiya izlari topilganligini xabar qilishdi.

    Italiya olimlari, shuningdek, birinchi holat tasdiqlanishidan bir necha hafta oldin, dekabr oyi oʻrtalarida Milan va Turinda oqava suvlar namunalarida koronavirus alomatlarini topishgan. Braziliyada mutaxassislar noyabr oyidayoq koronavirus izlarini topgandi, deb yozadi gazeta. Doktor Jeffersonning fikriga koʻra, sayyoramizdagi koʻplab viruslar uyquda va qulay ekologik sharoitlarda paydo boʻladi.

    “Bu shuni anglatadiki, ular paydo boʻlgan zahotiyoq yoʻq boʻlib ketishlari mumkin. SARS qayerga ketdi? U shunchaki gʻoyib boʻldi. Virusning kelib chiqishi va uning qanday oʻzgarishini tushunish uchun biz virusning qanday paydo boʻlgani va mutatsiyaga uchraganini oʻrganishimiz kerak”, dedi u.

    “Menimcha, virus allaqachon shu yerda boʻlgan va bu esa ”men hamma joydaman" degan maʼnoni anglatadi. Ehtimol, biz atrof-muhit sharoitida faollashgan, ayni paytda uxlayotgan virus bilan kurashyapmiz”, dedi Jefferson. U Janubiy Jorjiyadan Buenos-Ayresga joʻnayotgan kruiz kemasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani misolini keltirdi.

    «Sakkizinchi kuni yoʻlovchilar Ueddel dengizini kesib oʻtishayotganida, birinchi voqea qayd etildi. Virus pishirilgan taomda boʻlganmi yoki muzlatilgan taom eritilganda faollashganmi?” - hayron boʻldi olim.

    Uning soʻzlariga koʻra, bunday gʻalati voqealar 1918-yilda "Ispanka” epidemiyasi paytida ham yuz bergan. Gʻarbiy Samoa aholisining qariyb 30% ispan grippidan vafot etgan, vaholanki ular tashqi dunyo bilan aloqa qilmaganlar.

    «Buning sababi shundaki, virus qoʻzgʻatuvchilari hech qayerga ketmaydi. Ular har doim shu yerda boʻladi va baʼzida ularni biror narsa faollashtiradi. Ehtimol bu dunyo aholisining zichligi yoki atrof-muhit sharoitlaridir. Va aynan shu narsani oʻrganishimiz kerak ” dedi u.

    Olimning taʼkidlashicha, virus nafaqat odamlar oʻrtasida havo tomchilari orqali, balki oqava suvlar orqali ham yuqishi mumkin.