Tadqiqot Nature Geoscience (NatGeo) ilmiy jurnalida chop etildi.
Jamoa 1986-yildan 2021-yilgacha sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini tahlil qildi. Antarktida yarim orolidagi o'simliklar maydoni bir kvadrat kilometrdan 12 kvadrat kilometrgacha ko'payganligi ma'lum bo'ldi.
“Biz Antarktika yarim orolida uchratadigan o'simliklar, asosan, moxlar Yerdagi eng og'ir sharoitlarda o'sadi.
Landshaft hali ham deyarli butunlay qor, muz va toshlar bilan qoplangan, uning faqat kichik bir qismida o'simliklar uchraydi.
Ammo bu kichik qism keskin o'sib bordi, hatto Antarktikaning bepoyon va ajralib qolgan hududi ham inson omili tufayli yuzaga kelgan iqlim o'zgarishi ta'siriga duch keldi”, dedi ekseter universiteti olimi doktor Tomas Roland.
Olimlarning ta'kidlashicha, Antarktidadagi o'simliklarning ko'payishi qutbning unumsiz tuproqlariga organik moddalarni ko'paytirib, boshqa turdagi floraning yuzaga kelishiga yo'l ochadi.
Ayni paytda tadqiqotchilar yangi muzsiz landshaftlarda o'simliklar qanday ko'payayotgani va bu jarayon kelajakda qanday davom etishini o'rganishmoqda.
Ilgari olimlar Antarktida o'simliklarining birinchi xaritasini tuzishgandi, deb xabar beradi gazeta.ru.