Kanadaning McGill University olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko'ra, issiqxona gazlari chiqindilarining davom etishi tufayli dengiz sathining ko'tarilishi butun dunyo bo'ylab qirg'oq bo'yidagi shaharlarni yo'q qilishi mumkin.
“Kelajakda dengiz sathi ko'tarilishi kutilmoqda, bu esa qirg'oq bo'yidagi shaharlarni asta-sekin suv ostida qolishiga olib keladi”, deyiladi tadqiqotda.
Olimlarning xulosalariga ko'ra, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerikadagi qirg'oqbo'yi shaharlarining suv ostida qolish xavfi yuqori. O'rganilayotgan hududdagi 840 million binoning 136 millioni 2100 yilga kelib dengiz sathining 20 metrga ko'tarilishidan zarar ko'radi. Bu binolarning ko'pi aholi zich joylashgan pasttekislikda joylashgan, shuning uchun bandargohlar, infratuzilma va madaniy meros obyektlari ham xavf ostida bo'lishi mumkin. “Iqlim o'zgarishi va dengiz sathining ko'tarilishi okean yaqinida yashaymizmi yoki yo'qmi, har birimizga ta'sir qiladi”, dedi universitet professori Erik Gelbreyt.
Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, bu hisob-kitoblar arxitektorlar, rejalashtiruvchilar va ishlab chiquvchilarga muhim ma'lumot beradi, ular natijalarni kelajakdagi zararni minimallashtirish uchun ishlatishlari mumkin, deb xabar berdi ria.ru.