Bu haqda Londondagi Universitet kolleji va Qirollik milliy qoʻmitasi olimlari maʼlumotiga tayanib “Express” yozgan.
Organizmida koronavirus infeksiyasi aniqlangan baʼzi bemorlar qulogʻidagi shovqindan, —yaʼni tinnitusdan shikoyat qilganlar. Shuningdek, COVID-19 bilan kasallangan odamlarda ushbu alomatlar butunlay quloqning eshitmay qolishiga olib kelgan holatlari ham qayd etilgan.
Shuningdek, Britaniyalik olimlar quloq eshitishi bilan bogʻliq muammolar va tinnitus koronavirus bilan kasallanishni hali tasdiqlamasligini, u boshqa kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin ekanligini taʼkidlaydi.
COVID-19ga xos boshqa alomatlar bilan birgalikda kuzatilgandagina tinnitusni ushbu kasallik alomati deb hisoblash mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti.