Olimlarning fikricha, inson faoliyati sababli yuzaga kelayotgan global isish Gʻarbiy Yevropada bunday ofatlar ehtimolini 1,2-9 barobar oshirdi. Qayd etilishicha, bu mintaqada yogʻingarchilik 3-19 foizga kuchaygan.

Eslatib oʻtamiz, Germaniyada uzoq muddatli yomgʻir tufayli Reyn irmogʻi va bir nechta kichik daryolar qirgʻoqlardan oshib ketdi, bu esa mamlakatning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismida suv toshqiniga olib keldi.

Asosiy zarba Shimoliy Reyn yerlari — Vestfaliya i Reynland-Pfalsga tushdi. Maʼlum qilinishicha, bu hududlarni tiklash bir necha yilga choʻzilishi mumkin. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, 170 nafardan ortiq kishi halok boʻlgan, 150 nafarga yaqin odam bedarak yoʻqolgan.