Zarafshon shahri aholisiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida shahar tibbiyot birlashmasiga zarur zamonaviy tibbiy jihozlar, texnika vositalari keltirildi.
Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmonov masʼullar ishtirokida shahar tibbiyot birlashmasida boʻlib, muassasaga keltirilgan yangi, zamonaviy tibbiy uskunalar, jihozlar va fuqarolarga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Aytish joizki, ushbu tibbiy uskunalar orqali murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish, fuqarolarga qulayliklar yaratish koʻzda tutilgan.