Xususan, “Janubiy Tandircha” gaz konidagi 1-, 2-, 3-sonli suyuqlikni ajratib olish qurilmalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 26 dona tayanch ustuni, 1 500 metr havo elektr uzatish tarmogʻi, 620 metr kabel tarmoqlari oʻrnatildi. Quyosh fotoelektr stansiyalarining transformator punkti, energiya tejamkor projektorlar bilan jihozlangan yoritish tizimlari va video kamera bilan jihozlandi.

Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish natijasida konlardagi texnologik qurilmalardagi jarayonlarni real vaqt rejimida nazorat qilish, tezkor maʼlumotlarning shaffofligi oshib, inson omili bilan bogʻliq boʻlgan faktorlarning oldi olinadi. Shu bilan birga vaxta rejimida ishlayotgan ishchi-xodimlar uchun qulay sharoit yaratilishi taʼminlandi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.