Taʼkidlanishicha, Toshkent shahar sudining ish yurituviga S. R. P. (erkak, 1972-yilda Hindiston Respublikasida tugʻilgan, “Quramax Medikal” MCHJ direktori), S. K. (erkak, 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, bir vaqtda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida ishlagan) va boshqalarga (mazkur firma va DUKga daxldor jami 21 kishi) oid jinoyat ishi kelib tushgan boʻlib, uni koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol boʻlib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.

Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga koʻra sodir etilgan jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan.