Mutaxassislar oʼpka salomatligini asrashga madad beruvchi mahsulotlar roʼyxatini tuzishdi. Shulardan biri olma ekan. U nafas olish tizimi xastaliklarini yuzaga kelishi xavfini kamaytiradi. Nafas olishni yengillashtiradi, oʼpka faoliyatini yaxshilaydi, uni salomatligini asraydi. Аyniqsa, pandemiya davrida koronavirusdan himoya qilar ekan.

Olmaning kimyoviy tarkibida darmon-dorilar – S, D, V2, V6, V15, RR, karotin, Ye, biotin, folat kislota kabilar, kichik va katta maʼdanlar – temir, kaliy, mis, kobalьt, fosfor, yod, magniy, natriy, oltingugurt, alьyuminiy, vanadiy, molibden, ftor, xrom, rux singarilar mavjud. Bundan tashqari, qand, kraxmal, pektin moddalari, organik kislotalar (olma, limon, xlorogen kislotalar) bor.

Eng avvalo, olma zaif meʼda, ichakni quvvatlantiradi, xamir ichida pishirilgani ishtahani yaxshilaydi. Kishi tanasidagi zararli illatlarni yoʼqotadi. Kamqonlikda, darmon-dori yetishmovchiligiga ajoyib malhamdir. Bunda har kuni 3-5 dona olmadan 3 mahal isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Tarkibida foydali maʼdanlar bisyorligidan u yurak-tomir, jigar, oshqozon xastaliklariga chalingan bemorlarga olma malhami yaxshi naf beradi.

Olmani yunonlar “yoshlik quvvati” deyishadi. Tibbiyotda olma parishonxotirlikka qarshi dori ekan. Shuningdek, olma ishtahani ochadi va qabziyat (ich qotish)ning oldini oladi. Bunda olma poʼsti archilmasdan taomdan oldin qabul qilinadi.

 Olma kishiga xushnudlik baxsh etadi, xursand qilish xususiyati bor. Umuman olganda, hamma turdagi olma mevasi isteʼmoli, tanaga rohat bagʼishlaydi, yurak, jigar va miyani baquvvat qiladi. Hattoki, olmani hidlash ham kishiga rohat bagʼishlaydi. Jismoniy quvvatni oshiradi.

Аgar pishirib yeyilsa, quruq yoʼtalga darmon boʼladi. Nordon olmani xamir orasiga oʼrab, olovda pishirib isteʼmol qilinsa, qon aralash ichketarni toʼxtatadi. Sil va tananing ozib ketishiga darmon boʼladi. Olma qoqini tuyib anor suvi bilan yeyilsa, oshqozonga quvvat bagʼishlaydi, safroli ichketarni bogʼlaydi va qayt qilishni bartaraf etadi. Bundan tashqari, olma gipertoniya (qon bosimi meʼyoridan oshishi) xastaligida ijobiy samara beradi. Shirin olma surunkali qulunjga (kolit, yoʼgʼon ichak yalligʼlanishi) mubtalo boʼlgan kishilarga foydalidir. Olma peshob haydovchi taʼsirga ham ega. Shu xosiyati bilan u tanadan щavelь kislotasini chiqarishda foyda qiladi. Shu bois, uzoq vaqt mobaynida olmani isteʼmol qilish (poʼstini ajratmay) podagra va peshob-tosh xastaliklarda shifo ato etadi.