Birinchisi, xalqaro standart - ISO 14001:2015 ekologik menejment tizimiga, ikkinchi sertifikat esa sogʻliqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni taʼminlash menejment tizimi - ISO 45001:2018 xalqaro standartiga berildi.
Sertifikatlarni xalqaro sertifikalash agentligi “Cert International” MCHJ direktori Marat Xabibulin OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovga topshirdi.
Muqaddam, OKMKda har ikki yoʻnalishda “Cert International” xalqaro sertifikatlash tashkilotining auditorlari tomonidan xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi oʻtkazildi va audit yakunlari boʻyicha xalqaro sertifikatlar taqdim etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.
Kombinat axborot xizmati