— Yer so'rab qilgan murojaatimiz qisqa muddatda ijobiy hal etildi, – deydi "Steel Star" MCHJ rahbari Ravshan To'raev, – Etishtirilgan mahsulotlarning 70 foizini xorijga eksport qilish rejalashtirilgan. Asosan pomidor, bodring va bulg'or qalampiri kabi sabzavotlar iste'molchilarga etkazib beriladi.
Umumiy qiymati 3300,0 ming AQSh dollari bo'lgan mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga ishlab chiqarilgan 400 tonna qishloq xo'jaligi maqsulotlari evaziga yurtimizga 800 ming AQSh dollari miqdorida valyuta olib kelinadi.
Joriy yilning dekabr oyida issiqxonaning birinchi bosqichi foydalanishga topshiriladi, 2021-yil 1-mayda esa to'liq quvvatda faoliyatini boshlaydi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 40 nafar fuqaroning bandligi ta'minlanadi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda xuddi shunday issiqxona O'rta Chirchiq tumanida ham mavjud bo'lib, u yerdagi ishchi-xodimlarning o'rtacha oylik maoshi 2 million so'mdan iborat, ish 2 smenada tashkil etilgan.