Bu haqda Oʻmonning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.
Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan koʻproq vaqt mobaynida boʻlishni istagan oʻzbekistonliklar Oʻmonga kirish paytida aeroportning oʻzida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
Qayd etish kerakki, Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2021-yil 1-martdan boshlab Oʻmon fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.