Muzokaralarda qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga joʻnatish loyihasini amalga oshirishning dastlabki natijalari muhokama qilindi. Xususan, Rossiya tomoni talabi boʻyicha hozirgi vaqtda nomzod roʻyxati shakllantirilayotgani maʼlum qilinib, loyihani amalga oshirish jarayonida tomonlarning vazifalari, ularni bajarish muddatlari, ish beruvchi va mehnat migrantlari oʻrtasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, transport, patent rasmiylashtirish kabi xarajatlar bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal etish, ish haqi miqdori kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, ushbu loyiha doirasida fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish uchun tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimlari Oʻzbekistonga yetib kelgani, endilikda patent olishda talab etiladigan tibbiy koʻrik mamlakatimiz hududida amalga oshirilishi maʼlum qilingan edi.