Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, erkaklarda saraton kasalligining qariyb 40 foizi va ayollarda 60 foizi ovqatlanish ratsionida nimanidir yetishmasligi bilan bogʻliq. Bu haqda onkolog va jarroh Ivan Karasev oʻzining Telegram sahifasida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, oziq-ovqat komponentlarining yetishmasligi yoki ortiqcha boʻlishi moddalar almashinuvi va organlar faoliyati buzilishiga, bu esa xavfli oʻsimtalar yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin.

Uning qoʻshimcha qilishicha, saratonning barcha shakllarining 80% dan ortigʻi u yoki bu kanserogen taʼsir bilan bogʻliq. U oziq-ovqatni qayta ishlash, saqlash va qadoqlash paytida oʻtib qolishi mumkin. Bundan tashqari, zararli moddalar organizmga ifloslangan suv yoki tuproq orqali kirib qolishi mumkin.

Pestitsid va minerallar oʻgʻitlar bilan oʻstirilgan mahsulotlar, tarkibida gormonlar va antibiotiklar mavjud goʻsht eng koʻp xavfni yuzaga keltiradi.

Karasevning taʼkidlashicha, hozir odamlarning ratsionida ilgari bunday hajmda isteʼmol qilinmagan katta miqdordagi oziq-ovqat – shakar, margarin, tez tayyorlanadigan oziq-ovqat, sanoat konservalari, shuningdek, geni oʻzgartirilgan mahsulotlar mavjud, deyiladi mir24.tv saytida.