Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, onkolog Yuliya Vaxabova aytib o'tdi.
Ko'zning to'r pardasi o'smasi bo'lgan retinoblastoma ham saratonning kam uchraydigan turi hisoblanadi, deya qo'shimcha qildi Vaxabova. Ushbu kasallik ko'pincha besh yoshgacha bo'lgan bolalarda kuzatiladi.
Retinoblastomaning xavfliligi shundaki, u suyaklar, miya, markaziy asab tizimi va boshqa organlarga metastazni yuzaga keltirishi mumkin. Bu kasallik genetik jihatga ega, ammo o'simta faqat ota-onaning ikkalasi ham mutatsiyaga uchragan RB1 genini bolaga o'tkazsagina rivojlanadi. Biroq bu juda kam uchraydi.
Zamonaviy tibbiyot retinoblastoma bilan muvaffaqiyatli kurashish, kasallikni yengish va bolalarning ko'rish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Davolanmasa, bu o'limga ham olib kelishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.