Hududlar kesimida mulk va ijara huquqi asosida 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 2023-yilning shu davridagiga nisbatan Toshkent shahrida 4,7 barobar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4,4 barobar, Andijon viloyatida 3,2 barobar, Xorazm viloyatida 2,8 barobar, Qashqadaryo viloyatida 2,7 barobar va Namangan viloyatida 2,5 barobar koʻp yer maydonlari sotilgan.
Shuningdek, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 24 ming 612 ta lot yoki 5 323,7 gektar yer maydoni ijara, 10 ming 884 ta lot yoki 500,3 gektar yer maydoni mulk huquqi asosida savdoga chiqarilgan. Bu ishlar natijasiga koʻra, 19 327 ta lot, 2 681,5 gektar yer uchastkalari 2 860, 1 milliard soʻmga sotilgan. Bu esa 2023-yilning shu davridagiga nisbatan sotilgan lotlar soni 1,9 barobargacha, yerlarning hajmi 1,8 barobargacha, yerlarni sotishdan tushgan mablagʻlar miqdori esa 4 barobargacha ortgan.
2024-yilning ushbu davrida respublikadagi 67 ta tuman (shahar)da mulk huquqi asosida yer uchastkalari auksion savdolariga umuman chiqarilmagan.