«Ishga marhamat» Monomarkazining faoliyati ishsiz va band bo'lmagan aholini qisqa muddatlarda mehnat bozoridagi talab yuqori bo'lgan kasblarga o'qitish, kasbga yo'naltirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, xorijiy tillar hamda tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko'nikmalariga o'qitish, xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin ko'niktirish, qaytib kelgan mehnat migrantlarini ijtimoiy moslashuviga ko'maklashish, ularga psixologik va yuridik xizmatar ko'rsatish, ishchi kasblar va xorijiy tillar bo'yicha malaka darajalarini baholash va tasdiqlash xizmatlarini ko'rsatishdan iborat.

Monomarkazda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq bo'lgan 22 turdagi ishchi kasblar, 5 ta xorijiy til hamda tadbirkorlik ko'nikmalari va moliyaviy savodxonlik bo'yicha qisqa muddati o'quv kurslari tashkil etilgan.

Ular:

Qurilish mutaxassisligi bo'yicha: cuvoqchi, buyoqchi, g'isht teruvchi, mebel` ishlab chiqarish va gipsokarton bilan ishlovchi usta, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash ustasi.

Texnik mutaxassislik bo'yicha: yuk ko'tarish kranlari operatori, elektrik, maishiy texnikalarni va mobil` aloqa vositalarini ta'mirlash ustasi, santexnik ishlari bo'yicha usta, frezerlik bo'yicha usta, tokarlik ishlari bo'yicha usta, payvandlovchi;

Servis va xizmat ko'rsatish sohasi bo'yicha: kosmetolog, batler-ofitsiant, erkaklar sartaroshi, ayollar sartaroshi, neyl-stilist, yosh bolalar uchun enaga va keksalarni parvarishlovchi mutaxassis, uqalovchi, tikuvchi, oshpazlik-qandolatchilik-ketring, vizajist;

Xorijiy tillar bo'yicha: ingliz tili, yapon tili, xitoy tili, koreys va rus tillari;

Tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda tadbirkorlikni to'g'ri tashkil etish, tadbirkorlik modelini tuzish, tadbirkorlikning ichki va tashqi muhitlarini tahlil qilish hamda o'zaro bog'liqligini o'rganish, daromad olish yo'llarini o'rganish va daromadni to'g'ri yo'naltirish, tadbirkorlik strategiyasi va uning kelajakdagi istiqbollarini belgilash, marketing va logistika tarmoqlarini o'rganishdan iborat.

«Ishga marhamat» Monomarkazi bugungi kunga kelib ko'pgina taniqli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan. SHunday strategik hamkorlik  2019 yil 28 oktyabr` kuni “Uzbek-China Professional Training Center” QK MCHJ bilan yo'lga qo'yilgan. Unga ko'ra, “Bir makon bir yo'l” dasturi doirasida O'zbekiston-Xitoy strategik hamkorligining rivojlanish bosqichlari, ta'lim, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalarda amalga oshiriladigan ishlar, yo'nalishlar, ta'limning professional platformasini yaratish, texnika sohasi, axborot texnologiyalari, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, O'zbekiston-Xitoy o'rtasida kasbiy ta'lim sohasida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash nazarda tutilgan. Ushbu hamkorlikning

SHu hamkorlikning negizida  2020 yil 1 iyun` kuni Xitoy xalq Respublikasining “Uzbek-China Professional Training Center” QK MCHJ xamkorligida ilk payvandlash kasbi bo'yicha ONLAYN MALAKA OSHIRISH kurslarga start berildi.

Bugun  dunyoda hukm surayotgan koronavirus pandemiyasi davrida ham karantin qoidalariga rioya etib, masofadan bo'lsa ham faoliyat olib borish mumkin. Biz faqatgina bir yo'nalish bilan chegaralanib qolmay, boshqa yo'nalishlarda xam onlayn malaka oshirish kurslarini ochib boramiz.       Karantinning  foydali taraflaridan biri bu albatta raqamlashtirish jarayonining tezlashgani va odamlar ongli ravishda uni tez qabul qilgani bo'ldi. Masofadan turib Xitoy mutaxassislarining Ishga marxamat monomarkazi payvandlash yo'nalishi bo'yicha o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish imkoni bo'lganligi.

      Bu kurs, avvalom bor, ikki davlat o'rtasida iliq munosabatlarini va xamkorlikni davom ettiradi. Mehnat bozorida talab bo'lgan paydvanlash kasbiga o'qitishni yanada sifatli, qisqa muddatlarda o'qitishda, avvalom bor, kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirishga yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga, ikki davlatda iqtisodiyotni ko'tarishga, etuk va malakali kadrlarni shakllanishiga turtki bo'ladi deb ishonch bilan ayta olamiz.