Ishtixon tuman hokimligining maʼlum qilishicha, Oqdaryo suv omborida hech qanday nosozliklar yoki xavfli holat yuzaga kelmagan. Suv sathi meʼyoriy darajada boʻlib, damba va unga tegishli infratuzilmalar barqaror holatda ishlab kelmoqda.
Oqdaryo suv ombori strategik ahamiyatga ega inshoot sifatida qonunchilikka muvofiq ravishda texnik koʻrikdan oʻtkazilib, uning xavfsizligi toʻliq taʼminlangan.
Fuqarolardan tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni hamda rasmiy manbalarga tayanishni soʻraymiz, — deyiladi xabarda.