Oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilgan bir guruh talabalar boʻyicha navbatdagi roʻyxat tasdiqlandi

    Ta'lim 19 Yanvar 2023 1007

    Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan oʻqishini koʻchirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar boʻyicha navbatdagi roʻyxat tasdiqlandi.

    Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.

    Taʼkidlanishicha, ushbu roʻyxatga kiritilgan talabalar oʻzlari hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasasining oʻqishni koʻchirish boʻyicha masʼullariga uchrashishlari soʻraladi.

    Yaqin kunlarda navbatdagi roʻyxat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot eʼlon qilinadi.

    Roʻyxatni yuklab olish.

    Avvalgi roʻyxat.