Joylardagi ayrim mutasaddi rahbarlar tomonidan o'qituvchilarni va boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini asossiz ravishda qishloq xo'jaligi va obodonlashtirish ishlariga jalb qilish holatlari kuzatilmoqda hamda aybdor shaxslar javobgarlikka tortilmoqda.

Xodimlarning kasbiy faoliyati va majburiyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlar va turli tadbirlarga jalb etgan shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 49 va 51-moddalariga asosan ma'muriy javobgarlik va Jinoyat kodeksining 148-moddasiga asosan jinoiy javobgarlik belgilangan.

Davlat mehnat inspektorlari tomonidan joylarda doimiy ravishda monitoringlar davom ettirilmoqda.

 Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa yoki majburiy mehnatga yo'l qo'yilishi haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz, O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “1176” qisqa raqamli ishonch telefoni, ijtimoiy tarmoqdagi “dmi.mehnat.uz” sayti hamda “mehnathuquqbot” telegram mecsendjeriga murojaat etishingiz mumkin.