Oqqoʻrgʻonlik gʻallakorlarning muvaffaqiyati

    Agrosektor 2 Iyul 2020 1986

    Oqqoʻrgʻon tumani gʻallakorlari davlat qabul punktlariga 29 531 tonna boshoqli don topshirib, shartnoma topshirigʻini ortigʻi bilan bajardilar.

    Hosilni nest-nobud qilmasdan, belgilangan muddatda yigʻib olishda tumanda tashkil etilgan 27 ta gʻalla otryadining xizmati alohida boʻldi.

    Taʼkidlash joizki, boshoqli don ekinlarini parvarishlashda agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilganligi, zararkunanda va begona oʻtlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda oʻtkazilganligi oʻz samarasini berdi. Tabiiyki, omilkor dehqon va fermerlarning koʻrsatgan jonbozligi ham muhim ahamiyat kasb etdi.

    Aslida dehqon uchun hech qachon yil oson kelmaydi. Ob-havoning noqulay kelishi, tabiat injiqlari, suv tanqisligi va boshqa sabablarni yengib oʻtishga toʻgʻri keladi. Toʻplangan tajriba, omilkorlik bilan ish yuritish esa moʻljaldagi hosilni toʻplash imkonini beradi. Bugun oqqoʻrgʻonlik gʻallakorlarning yuzi yorugʻ. Ular rejadagidan ancha ziyod hosil yetishtirishga muvaffaq boʻlishdi.

    Shartnoma majburiyatlari bajarilgan boʻlsada, hozir ham oʻrim-yigʻim davom etmoqda. Kombaynlar kechayu kunduz gʻallazorlarda shitob bilan ishlamoqda. Sababi hali dalalarda hosil koʻp.